AsosiyDunyo

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

Tinchlik kelishuvi AQSh vositasichiligida Oq uy qarorgohida imzolandi.

'Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari bir necha o‘n yillik mojarolardan so‘ng AQSh vositaschiligida ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi tinchlik bitimini imzoladi, deb xabar bermoqda "Reuters" axborot agentligi.

- Tomonlar 35 yil mobaynida o‘zaro ziddiyatda bo‘lib kelishdi, endi esa ular uzoq vaqt do‘st bo‘lib qolishadi, - dedi Trump Oq uy qarorgohida.

Aslida, ikki o‘lka o‘rtasidagi mojaro 1980 yillarning oxirida, asosan, etnik armanlar istiqomat qiladigan Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston ko‘magida Ozarbayjondan ajralib chiqqanidan so‘ng boshlangan. Ozarbayjon 2023 yilda usbu hududni to‘liq nazorat ostiga oldi va natijada yuz minglab armanlar Armanistonga qochib ketishga majbur bo‘ldi.

Trumpning aytishicha, ikki davlat nizoni butkul to‘xtatish, diplomatik munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yish va bir-birining hududiy yaxlitligini hurmat qilish majburiyatini olgan.

Qiziq jihati, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Trumpni mojaroga barham berishda yordam bergani uchun olqishlab, uni Tinchlik uchun "Nobel" mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishlarini aytdi.

- Prezident Trump bo‘lmasa, kim "Nobel" mukofotiga loiq?" — dedi Aliyev.

Donald Trump prezidentlik lavozimidagi ikkinchi muddatining dastlabki oylarida o‘zini global tinchlikparvar shaxs sifatida ko‘rsatishga harakat qilib keladi. Oq uy uni Kambodja va Tailand o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston va Hindiston o‘rtasida tinchlik bitimlarini imzolashda muhim rol o‘ynagan shaxs deb hisoblaydi. Biroq Qo‘shma Shtatlar rahbari haligacha Ukraina - Rossiya va Isroil - HAMAS ziddiyatlarini to‘xtata olganicha yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:50

    Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi

    AQSh va Rossiya yetakchilari 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

    'Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:20

    Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi

    Holat ortidan 30 dan ortig‘i fuqaro bedarak yo‘qolgan.

    'Ukrainada fuqaro erkaklarni safarbarlikdan olib qochish uchun mikroavtobusni tez yordam mashinasiga aylantirdi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:12

    Ukrainada fuqaro erkaklarni safarbarlikdan olib qochish uchun mikroavtobusni tez yordam mashinasiga aylantirdi

    Blockpostlardan o‘tish uchun fuqaro miltillovchi mayoqlardan foydalangan.

    'Rossiyada og‘ir ahvolda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik mamlakaga qaytarildi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 17:31

    Rossiyada og‘ir ahvolda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik mamlakaga qaytarildi

    Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilgan hamda ular 4 avgust kuni mamlakarga qaytarilgan.

    'Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 17:05

    Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi

    Ko‘p qavatli uyning qurilishi vaqtida 14 xonadon noqonuniy tarzda gaz tarmog‘iga ulangan.

    'Sochida dron hujumlari sababli turistlar plyajlardan evakuatsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 16:56

    Sochida dron hujumlari sababli turistlar plyajlardan evakuatsiya qilindi

    Aeroportda reyslar kechikmoqda, Psou chegara posti yopildi.