AsosiyJamiyat

Surxondaryoda tanish ayolning yalang‘och videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qilgan erkak ushlandi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga tushgan.

'Surxondaryoda tanish ayolning yalang‘och videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qilgan erkak ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ayolga uning behayo videolarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Tegishli organ vakillari tomonidan Muzrabot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1986 yil ushbu tumanda tug‘ilgan fuqaro 1985 yilda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida tug‘ilgan, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan ayolning yalang‘och holatdagi videolarini qo‘lga kiritib, ayolni videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Ushbu shaxs ayoldan 1 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. U pullarni jabrlanuvchining dugonasi, 1988 yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan Termiz shahrida yashovchi fuqarodan talab qilingan pullardan 900 dollar va 1 million 250 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar