Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda sud tizimida “Raqamli sud” kontseptsiyasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Endi sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt orqali sud muhokamasining ehtimoliy natijasi va sarf-xarajatlari avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Farmoniga ko‘ra, sud ishlari elektron shaklga o‘tkazilib, qog‘ozbozlik kamaytiriladi. Sud hujjatlari avtomatik tarzda tayyorlanadi, murojaatlar esa onlayn yuboriladi.
Shu bilan birga, “Kiber huquq” sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va sud xodimlarining raqamli malakasini oshirish belgilangan.