AsosiyJamiyat

Jizzaxda ota oʻz bolalarini ayovsiz kaltakladi

Bolalar ombudsmani hola yuzasidan munosabat bildirdi.

'Jizzaxda ota oʻz bolalarini ayovsiz kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida ota oʻz bolalarini haqoratlagani va ularni ayovsiz urib-tepib, kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat Bolalar ombudsmanining Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili va mutasaddidlar tomonidan oʻrganilmokda. Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro S.Sh. oilaviy nizo oqibatida 2 nafar farzandiga jismoniy zoʻravonlik harakatlarini sodir etgan.

Hozirda otaga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi hamda bolalarni xavfsiz muhitga olinishi, ularga zarur psixologik, ijtimoiy koʻmak koʻrsatilishi boʻyicha ichki ishlar organlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy Inson markazi mutaxassislari tomonidan tegishli choralar koʻrilmokda.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettirishi, bu borada qoʻshimcha tarzda axborot berilishini maʼlum qilgan.

    Boshqa yangiliklar