Armaniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama diplomatik munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommunike imzoladi.
Marosim Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, Pokiston hozirgacha Armanistonni suveren davlat sifatida tan olmay kelayotgan yagona mamlakat edi.
Bunga sabab sifatida Ozarbayjon hududlarining Armaniston tomonidan bosib olinishi ko‘rsatilgan edi.