AsosiyDunyo

Uman shahriga ziyorat safariga ta’qiq qo‘yilishi mumkinligi aytilmoqda

Ukraina xavfsizlik sabablari tufayli chet elliklarning “Rosh ha-Shana” bayramida Uman shahriga kelishini cheklashi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

'Uman shahriga ziyorat safariga ta’qiq qo‘yilishi mumkinligi aytilmoqda'ning rasmi

Ukrainaning Cherkassi viloyatidagi Uman shahri hassidlar uchun muhim ziyorat markazi hisoblanadi. Ular 18-asrda Ukrainada vujudga kelgan hassidchilik oqimi asoschisi bo‘lgan rabbi Naxmon qabrini ziyorat qilish uchun kelishadi.

Rosh ha-Shana — yahudiy taqvimi bo‘yicha yangi yil — bu yil 22 sentyabrda boshlanadi. O‘tgan yili, urushga qaramay, shaharga 30 mingdan ortiq ziyoratchi kelgandi.

Jerusalem Post ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Ukraina chet ellik fuqarolarning kelishiga taqiq qo‘yishi mumkin.

Sabab sifatida Rossiya bilan urush tufayli xavfsizlikning ta’minlanmasligi ko‘rsatilmogda. Shuningdek, Kiyev Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Ukraina mustaqilligi kunida tabriq qo‘ng‘iroq qilmaganidan norozi ekani aytilmogda.

Biroq, Axios jurnalisti Barak Ravidning yozishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili Ukraina siyosatida hozircha o‘zgarish yo‘qligini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'ЙИ Украинага узоқ муддатли ёрдам кўрсатишда молиявий танқисликка дуч келмоқда'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:14

    'Буюк Британия Фаластинни расман тан олдими?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:17

    Буюк Британия Фаластинни расман тан олдими?

    Isroilning Gʻarbiy Soʻhilda qurilish rejalariga qarshi chiqqan London Falastin masalasida qatʼiy pozitsiyasini bildirdi.

    'Afgʻoniston sharqida kuchli zilzila: kamida 500 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:57

    Afgʻoniston sharqida kuchli zilzila: kamida 500 kishi halok boʻldi

    Pokiston chegarasi yaqinida yuz bergan 6,0 magnitudali zilzila yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi.

    'Pokiston Armanistonni tan oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:55

    Pokiston Armanistonni tan oldi

    Xitoyda boʻlib oʻgan SHHT sammiti doirasida ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

    'Yevropa yetakchilari Parijda Ukraina bo‘yicha yig‘iladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:06

    Yevropa yetakchilari Parijda Ukraina bo‘yicha yig‘iladi

    Ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

    'Venetsiyada Putin haqida film namoyish etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:38

    Venetsiyada Putin haqida film namoyish etildi

    Ushbu film mamlakating kinofestivalida ilk bor koʻrsatildi.