AsosiyJamiyat

Qirgʻiziston–Oʻzbekiston chegarasida ikki qirgʻiz fuqarosi oʻqqa tutildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyoning ikki davlatidagi chegarasida otishmali voqea yuz bergani aytilmoqda.

'Qirgʻiziston–Oʻzbekiston chegarasida ikki qirgʻiz fuqarosi oʻqqa tutildimi?'ning rasmi

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasida yuz bergan qurolli toʻqnashuv oqibatida ikki qirgʻiz fuqarosi halok boʻlgani aytilmogʻda.

Maʼlumotlarga koʻra, hodisa 15 avgust kuni chegarada qonunga boʻysunmaslik holati kuzatilgan va Oʻzbekiston chegarachilari qurol qoʻllagan.

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegarа xizmati xabariga qaraganda, 25 avgust kuni Chotqol tumani Aygʻir-Jal qishlogʻidan ikki kishi yoʻqolgani qayd etilgan.

Keyinchalik ularning jasadlari topilib, ekspertiza uchun Qirgʻizistonga qaytarilgani maʼlum qilindi. Ularga tegishli uchta ot va bir chodir ham qaytarib berilgan.

Ayni paytgacha ushbu voqea boʻyicha ikki mamakat rasmiy idoralari tomonidan rasmiy bayonot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar