AsosiyDunyo

"Tolibon" jahon hamjamiyatidan yordam soʻradi

Afgʻonistondagi zilzila 800 dan ortiq odamning umriga zomin boʻldi

'"Tolibon" jahon hamjamiyatidan yordam soʻradi'ning rasmi

Afgʻonistonning Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok boʻlgani aytilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yana 2800 nafar odam jarohatlangan. 

“Tolibon” maʼmuriyati xalqaro hamjamiyatdan shoshilinch yordam soʻramoqda. Reuters agentligi xabar berishicha, qutqaruv ishlari togʻli hududlar va yomgʻirli ob-havo sabab murakkab sharoitda olib borilmoqda.

 Ayrim aholi punktlari bilan aloqa uzilgan, yoʻllar yopilgani bois yordam hali hammaga yetib bormagan. Tolibon maʼmuriyati va BMT mutasaddilari qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini maʼlum qilgan. Afgʻonistonga hozircha faqat Xitoy va Hindiston tomonidan amaliy yordam vaʼda qilingan.

“Tolibon” hukumati xalqaro yordamchilarning sust faoliyatini tanqid qilmogʻda. Bu — 2021 yilda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri yuz bergan uchinchi yirik zilzila. Mavjud vaziyatda moliyaviy va texnik resurslari cheklangan maʼmuriyat xalqaro hamjamiyatdan faolroq koʻmak soʻramoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:25

    'Janubiy Koreya mamlakatdagi yolg‘iz keksalarga ChatGPT o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqlar tarqatmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:28

    Janubiy Koreya mamlakatdagi yolg‘iz keksalarga ChatGPT o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqlar tarqatmoqda

    Qo‘g‘irchoqlar suhbatdoshi bilan erkin muloqot qiladi, dori ichish va ovqatlanish kabilarni eslatib turadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:03

    'Endi Rossiyaliklar Xitoyga vizasiz tashrif buyuradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:49

    Endi Rossiyaliklar Xitoyga vizasiz tashrif buyuradi

    Ushbu tartib sayyohlik, ishbilaromonlik, qarindoshlarni ko‘rish va ayirboshlash dasturlari doirasida boruvchilarga taalluqli.

    'Afgʻonistonda zilzila qurbonlari soni yana 300 nafarga ortdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:02

    Afgʻonistonda zilzila qurbonlari soni yana 300 nafarga ortdi

    БМТ ва дунёнинг бир қатор етакчи давлатлари мамлакатга инсонпарварлик ёрдамини кўрсатишга ваъда бермоқда.

    'Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:45

    Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar boʻldi

    Qobuljon Ahmadov OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori bo‘ldi. Husan Salixov va Jahongir Abdurahmonov esa uning o‘rinbosarlari etib tayinlandi.