AsosiyDunyo

Германия канцлери Путин ва Зеленский учрашувини Женевада ўтказишни таклиф қилди

Friedrix Mertsning aytishicha, Shveytsariya shahri o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv uchun “eng qulay joy” bo‘lishi mumkin.

'Германия канцлери Путин ва Зеленский учрашувини Женевада ўтказишни таклиф қилди'ning rasmi

Berlin mezbonligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Merts bu masalani 4 sentyabr kuni Parijda bo‘ladigan “xo‘hlovchilar koalitsiyasi” yig‘ilishida ko‘tarishini bildirdi.

Shveytsariya prezidenti Karin Keller-Zutter esa mamlakati Jenevada Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralari joylashgan Jeneva “muloqot uchun ideal shahar”.

Shu bilan birga, Keller-Zutter muzokaralar o‘tkazilishi tomonlarning muzokara stoliga o‘tirishga tayyorligiga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar