Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi choyxonalardan birida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
O‘rganish davomida hozirda mazkur choyxonada chumchuq go‘shti ishlatilmayotgani aniqlandi. Choyxona rahbari videolavha avvalroq, mijozlar sonini oshirish maqsadida suratga olinganini, hozirda bunday amaliyotga yo‘l qo‘yilmayotganini bildirgan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 63-moddasi 1-qismi (g‘ayriqonuniy ov) asosida choyxona rahbariga 4 ml 120 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.
Shuningdek, unga bu kabi holatlarni takrorlamaslik haqida ogohlantirish berildi.