AsosiyDunyo

Trump va Putinning o‘rtasiga “ola mushuk” tushdi

Qo'shma Shtatlar yetakchisi Putinga ishonganidan afsusda ekanligini gapirdi.

'Trump va Putinning o‘rtasiga “ola mushuk” tushdi'ning rasmi

Donald Trump jurnalistlar bilan suhbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan “juda hafsalasi pir bo‘lganini” qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “odamlarga omon qolishga yordam beradigan barcha choralarni ko‘rmoqda”. Bu haqda "Zamon.uz" ma’lum qildi.

Shuningdek, Trump 29 avgust kuni Kiev rahbari Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilaridan ham noroziligini bildirgan. Unga ko‘ra, Ukraina va Yevropa o‘z hududlarining bir qismini yo‘qotishini tan olishi kerak. Amerika prezidenti mojaroga barham berish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Avvalroq ham Trump Putin bilan mulogotdan hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan, biroq shunga qaramay, u bilan aloqani to‘xtatmaganiini qayd etgan edi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan kelishuvga erishish borasida bir necha bor umid bildirgan, ammo baribir konstruktiv mulogot imkoniyati mavjudligiga ishonadi.

    Boshqa yangiliklar