AsosiyJamiyat

Болгарияда чўкиб кетган ўзбекистонлик талабанинг жасади ватанга қайтарилди

Turkiyada vafot etgan fuqarolar, hujjatsiz qolganlar va davolanaotganlarga ham amaliy yordam ko‘rsatildi.

'Болгарияда чўкиб кетган ўзбекистонлик талабанинг жасади ватанга қайтарилди'ning rasmi

O‘zbekistonlik talaba Bolgariyada cho‘kib halok bo‘lgani haqida xabarlar joriy yil 7 avgust kuni tarqalgan edi.

So‘ng, 9 avgust kuni uning jasadi Sozopol shahri yaqinidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgani ma’lum bo‘ldi.

Talabaning tanasi qoyalar orasiga tiqilib qolgan va uni chiqarib olish oson bo‘lmagan. Ayni vaqtda jasod O‘zbekistonga olib kelingdi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, Bolgariyada cho‘kib ketgan talaba bilan birga Turkiyada vafot etgan 5 nafar fuqaroning jasadi ham vatanga qaytarilgan.

Bundan tashqari, shifoxonalarda og‘ir qarzga tushgan 12 nafar fuqaroga chegirmalar berilib, ularning O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Konsulxona shuningdek, Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar fuqaroga zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, qaytishlariga ko‘maklashganini ham bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, halok bo‘lgan 22 yoshli yigit Bolgariyada tahsil olayotgan talaba bo‘lgan.

Do‘stlari bilan cho‘milishga chiqqan vaqtida kuchli oqim uni suv tubiga tortib ketgan. Qutqaruvchilar 9 soat davomida izlagan, biroq aynan yigitning o‘zbek, qirg‘iz va moldovalik do‘stlari jasodni topishga muvaffaq bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar