AsosiyDunyo

19 yoshli talaba smartfonidan boshini ko‘tarmaganligi sabab falaj bo‘lib qoldi

Doimiy bo‘yinga tushgan zo‘riqish natijasida qon tomirida tromb paydo bo‘lib, u miya faoliyatiga ta’sir qilgan.

'19 yoshli talaba smartfonidan boshini ko‘tarmaganligi sabab falaj bo‘lib qoldi'ning rasmi

Xitoyda 19 yoshli talaba Syao Dun smartfoniga uzoq vaqt davomida boshini egib qarab yurishi oqibatida falaj bo‘lib qoldi. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Futszyan viloyatida yashovchi yigit restoranda ishlash paytida ham, tanaffuslarda ham doim telefoniga qarab o‘tirgan.

Doimiy bo‘yinga tushgan zo‘riqish natijasida qon tomirida tromb paydo bo‘lib, u miya faoliyatiga ta’sir qilgan. Oqibatda, yigit bir kuni ertalab uyqonganida butunlay harakatlana olmay qolgan.

Shifokorlar zudlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Hozirda Syao Dun reabilitatsiya jarayonida bo‘lib, mutaxassislar uning asta-sekin sog‘ayib ketishiga umid bildirmoqda. 

Bu hodisa tibbiyot mutaxassislarini yana bir bor ogohlantirishga majbur qildi: uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri holatda telefonga qarash jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar