Angrenda tergovchi pora bilan ushlandi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma'lum qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa mas'ul tuzilmalar hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so'ralgan pullarning yarmidan ko'prog'ini olgan vaqtda ushlandi.
Unga Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan ish qo'zgatilib, qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.