AsosiyJamiyat

Kozog‘istonda 14 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi

Turkiston viloyatida 35 yoshli erkak 8-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi.

'Kozog‘istonda 14 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi'ning rasmi

Qozog‘istonnning Turkiston viloyatida sud 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosini voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat 2024-yil o‘rtalarida sodir bo‘lgan.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, erkak qurilish ishlari uchun Qozog‘istonga kelgan va Keles tumanida yashovchi 14 yoshli qo‘shni qizga bir necha marta jinsiy zo‘ravonlik qilgan. 

Sud jarayonida u aybini tan olmagan, biroq prokuror umrbod qamoq jazosini talab qilgan va bu talab qanoatlantirilgan.

Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha maxsus sud hukmiga ko‘ra, u Qozog‘iston JKning 120-moddasi 4-qismi (takroriy zo‘rlash) bilan aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Boshqa yangiliklar