AsosiyJamiyat

Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Oltiariqdagi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi, holat yuzasidan tekshiruv boshlandi.

'Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 avgust kuni Qiziltepa qishlog‘idagi ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan 13 nafar bola o‘zini yomon his qilgan.

Ular zudlik bilan shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan va sog‘ligi nazorat ostiga olingan. Bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.

Voqea ortidan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, tegishli xizmatlar tomonidan keng qamrovli tekshiruv ishlari boshlangan. Jumladan, Sanitariya-epidemiologiya xizmati, SSV va boshqa nazorat organlari tomonidan hodisaning sabablari o‘rganilmqoda.

Mas’ul idoralar holat yuzasidan qonunchilik doirasida chora ko‘rilishini va jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar