AsosiyDunyo

Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi

Baydenning matbuot kotibining ma'lumotiga ko'ra, operatsiyada "Moos" usuli qo'llangan.

'Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi'ning rasmi

AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden peshonasidagi saraton hujayralarini olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Baydenning matbuot kotibi maʼlumotiga koʻra, operatsiyada “Moos” usuli qoʻllanilgan. Bu metodda teri saratoni aniqlangan toʻqimalar qatlamma-qatlam olib tashlanadi — to u yerda saraton izlari qolmaguncha. Eʼtiborlisi, Baydenning rafiqasi Jill Bayden ham 2023-yilda oʻng koʻzi ustida xuddi shunday operatsiyani oʻtkazgan edi.

 Ijtimoiy tarmoqlarda 82 yoshli Baydenning Delaverdagi cherkovdan peshonasi bogʻlangan holda chiqib ketayotgan videosi tarqaldi. Bu uning saraton bilan ilk toʻqnashuvi emas. Prezidentlik lavozimiga kirishishidan avval u teri saratoniga qarshi davolangan.

2023-yil fevral oyida koʻkrak qismidan bazal hujayrali karsinoma olib tashlangan edi. Shu yilning may oyida esa unda prostata bezi saratonining aggressiv shakli aniqlangan va kasallik suyaklarga ham tarqalganligi maʼlum boʻlgan. Bayden oʻzining ijtimoiy tarmoqdagid sahifasida shunday yozgan edi: “Saraton — har birimizning hayotimizga qandaydir tarzda tegadi. Koʻpchiligingiz singari, men va Jill ham sinovlardan oʻtib, aynan shu ogʻriqli nuqtalarda yanada kuchliroq boʻlishimizni angladik. Bizni mehringiz va qoʻllab-quvvatlashingiz bilan ruhlantirganingiz uchun minnatdormiz.”

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:53

    Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

    Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.

    'Kongoda yanggi virus tarqalmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:15

    Kongoda yanggi virus tarqalmoqda

    Kasalxonalarda 28 nafar bemor virus bilan kasallanganlikda gumon qilinib, ulardan 15 kishi vafot etgan.

    'Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:12

    Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda

    2024 yilda oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.

    'Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:07

    Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"

    Fridrix Mers Yevropaning global siyosatda o‘z rolini yetarlicha bajarayotganini tan oldi va Yevropa davlatlarini kuchliroq pozitsiya egallashga chaqirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 15:04

    '1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 13:56

    1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi

    Voqeа vaqtida yaxtada boʻlgan egasi, sardor va yana ikki ekipaj aʼzosi sogʻ-salomat qutqarilgan.