AsosiyDunyo

Kongoda yanggi virus tarqalmoqda

Kasalxonalarda 28 nafar bemor virus bilan kasallanganlikda gumon qilinib, ulardan 15 kishi vafot etgan.

'Kongoda yanggi virus tarqalmoqda'ning rasmi

Kongo Respublikasining Kasayi provinsiyasida Ebola virusi holatlari ko'paygani sababli epidemiya e'lon qilindi. Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Kasayi provinsiyasining Bulape va Mveka sog'liqni saqlash zonlarida kamida 28 nafar bemorda virus gumon qilinmoqda. 15 kishi vafot etgan, ulardan 4 nafari tibbiyot xodimlaridir.

Kasallik belgilari sifatida isitma, qusish, ich ketishi va qon ketishi holatlari qayd etilgan. 3 sentabr kuni poytaxt Kinshasadagi Milliy biotibbiyot tadqiqot institutida olingan namunalarda Ebola virusi – xususan, Ebola Zaire turi aniqlandi. Epidemiya qarshi kurash uchun milliy tezkor javob guruhi, JSSTning epidemiologiya, infektsiyani nazorat qilish, laboratoriya va kasallikni boshqarish mutaxassislari provinsiyaga yuborilgan.

Shuningdek, mahalliy aholiga virus haqida tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Mamlakatga 2 tonna tibbiy jihozlar, shaxsiy himoya vositalari, mobil laboratoriya uskunalari etkazilishi rejalashtirilgan.

Poytaxt Kinshasada hozirda ushbu virusga qarshi samarali hisoblangan Ervebo vaktsinasi zaxirada mavjud bo'lib, 2000 doza yaqin orada Kasayi provinsiyasiga etkaziladi. Vaktsina, eng avvalo, tibbiyot xodimlari va kasallar bilan aloqada bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

“Biz virus tarqalishini to'xtatish va aholini himoya qilish uchun qat'iy choralar ko'ryapmiz. Kongo bu kabi epidemiyalarni jilovlash borasida katta tajribaga ega. Sog'liqni saqlash rasmiylari bilan yaqin hamkorlikda muhim choralarni tez fursatda kengaytiramiz”,— deydi JSST Afrika mintaqaviy direktori doktor Muhammad Janabiy.

Ebola – kam uchraydigan, ammo juda xavfli va o'lim bilan yakunlanishi mumkin bo'lgan virusli kasallik. Virus ko'rshapalaklardan odamga yuqadi, keyinchalik esa kasallangan odamlarning qon va tana suyuqliklari orqali insondan-insonga o'tadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:53

    Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

    Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.

    'Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:12

    Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda

    2024 yilda oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.

    'Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:07

    Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"

    Fridrix Mers Yevropaning global siyosatda o‘z rolini yetarlicha bajarayotganini tan oldi va Yevropa davlatlarini kuchliroq pozitsiya egallashga chaqirdi.

    'Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 16:05

    Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi

    Baydenning matbuot kotibining ma'lumotiga ko'ra, operatsiyada "Moos" usuli qo'llangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 15:04

    '1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 13:56

    1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi

    Voqeа vaqtida yaxtada boʻlgan egasi, sardor va yana ikki ekipaj aʼzosi sogʻ-salomat qutqarilgan.