AsosiyDunyo

Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.

'Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi'ning rasmi

Prezident Donald Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi. Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyavi eshitilishi”ni aytgandi.

Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp mazkur qarorni bugun imzolaydi. AQSHda II jahon urushi tugaguniga qadar Urush vazirligi va alohida Dengiz kuchlari bo‘lgan. Ular 1949 yilda rasman Mudofaa vazirligiga birlashtirilgan va yangi binoga ko‘chib o‘tgan.

New York Timessning yozishicha, Tramp ma’muryati – harbiy tuzilmani qayta shakllantirish, uning jangovar imkoniyatlarini namoyish etib, yanada agressiv obrazga moslashtirishni ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda. Tramp bu fikrni ilk marta avgust oyida aytgan va Hegssetni «urush vaziri» deb atagan edi. «Biz Urush vazirligi davrida aql bovar qilmas tarixiy g‘alabalarga erishganmiz. Mudofaa juda himoyavi eshitiladi. Biz himoyada bo‘lishni xohlaymiz, ammo zarurat tug‘ilsa, hujumkor ham bo‘lishimiz kerak», – degan edi Tramp.

Florida shtatidan respublikachi senator va Trampning ashaddiy tarafdori Rik Skott ijtimoiy tarmoqlarda bu o‘zgarish Amerika uchun «urushlarni yutish qobiliyatini, ularga faqat javob qaytarishni» aks ettirradi, dedi.

Mudofaa vazirligi va vazir lavozimi Kongress aktlari orqali nomlangan, shuning uchun Trampning farmoni darhol kuchga kirishi nomo‘lum.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kongoda yanggi virus tarqalmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:15

    Kongoda yanggi virus tarqalmoqda

    Kasalxonalarda 28 nafar bemor virus bilan kasallanganlikda gumon qilinib, ulardan 15 kishi vafot etgan.

    'Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:12

    Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda

    2024 yilda oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.

    'Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:07

    Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"

    Fridrix Mers Yevropaning global siyosatda o‘z rolini yetarlicha bajarayotganini tan oldi va Yevropa davlatlarini kuchliroq pozitsiya egallashga chaqirdi.

    'Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 16:05

    Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi

    Baydenning matbuot kotibining ma'lumotiga ko'ra, operatsiyada "Moos" usuli qo'llangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 15:04

    '1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 13:56

    1 million dollarlik hashamatli yaxta ilk suzishda choʻkib ketdi

    Voqeа vaqtida yaxtada boʻlgan egasi, sardor va yana ikki ekipaj aʼzosi sogʻ-salomat qutqarilgan.