AsosiyJinoyat

O'zbekistonda katta partiyadagi "Regapen" dorisini noqonuniy olib kirganlikda ayblanayotgan shaxslar qo'lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumondorlar qamoqqa olindi.

'O'zbekistonda katta partiyadagi "Regapen" dorisini noqonuniy olib kirganlikda ayblanayotgan shaxslar qo'lga olindi.'ning rasmi

Namanganda avval ham shunga o‘xshash jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan shaxs yana eski odatini takrorladi.

U qirg‘izistonlik tanishi orqali 16,7 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen”dori vositasini olib kirishga urindi. DXX xodimlari uni kuryer bilan birga ushladi.

Farg‘onada esa 1980 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z avtomashinasida 11,2 ming dona “Regapen”ni olib kirgani ma’lum bo‘ldi. U ham qo‘lga olindi.

Ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar qamoqqa olindi.

    Boshqa yangiliklar