AsosiyDunyo

AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi

Amerikalik ayol rulda uxlab qolib, ustun va daraxtga urilganida uning iPhone 14 telefoni avtomatik tarzda 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

'AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi'ning rasmi

Good News Networking’ning yozishicha, 22 daqiqa davomida qutqaruv xizmatiga uzluksiz qo‘ng‘iroq qilgan telefon tufayli jabrlanuvchi tezda topilgan. Qizning ikkala son suyagi, tos suyagi va umurtqalari singan bo‘lsa-da, u tirik qolgan.

Jabrlanuvchining onasi bu hodisani “mo‘jiza” deb atab, agar funktsiyadan foydalanilmaganida, qizi omon qolishi qiyin bo‘lganini ta’kidladi.

iPhone 14 va undan keyingi modellar egalari “Sozlamalar” menyusidagi “Favqulodda chaqiruv – SOS” bo‘limidan “To‘qnashuvlarni aniqlash” funktsiyasini yoqib qo‘yishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar