AsosiyDunyo

Trump tez orada Putin bilan gaplashmoqchi

AQSh rahbari Ukraina mojarosini hal qilishga urinayotganini aytdi.

'Trump tez orada Putin bilan gaplashmoqchi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin kunlarda telefon orqali suhbatlashishini ma’lum qildi. Bu haqda u 7 sentabr kuni jurnalistlar savollariga javoban aytib o‘tdi.

Trump Ukraynadagi urushdan noroziligini bildirib, bu mojaronni tugatishga harakat qilishini ta’kidladi. “Men u yerdagi vaziyatdan mamnun emasman. Urushga oid hamma narsadan norazi bo‘lyapman”, — deydi u.

 Shuningdek, Trump bir necha Yevropa yetakchilari AQShga tashrif buyurishini aytdi. Uchrashuvlarda, katta ehtimol bilan, Ukraynaga tinchlikparvar kuchlar yuborilishi masalasi muhokama qilinadi. Trump yaqin kunlarda Putin bilan muloqot bo‘lishi muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.

Shu bilan birga, u Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi. AQSh Moliya vaziri Skott Bessant va Ukrayna bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellogg Rossiyaning so‘nggi harakatlarini urushni kuchaytiruvchi omillar sifatida baholagan.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 7 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan 810 dron va 13 raketa uchirilgan, natijada hukumat binosi vayron bo‘lgan va tinch aholi orasida qurbonlar qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Trump va Putin o‘rtasida ikkinchi mulokot raundi bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Туркистон вилоятида ўғил отасини мунтазам калтаклагани учун қўлга олинди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:45

    Туркистон вилоятида ўғил отасини мунтазам калтаклагани учун қўлга олинди

    Qozog‘istondagi Turkiston viloyati Shardara tumanida yashovchi erkak otasini doimiy ravishda kaltaklab, hurib kelgani uchun politsiya tomonidan ushlandi.

    'Kamala Harris himoyasiz qoldimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:40

    Kamala Harris himoyasiz qoldimi?

    Los-Anjeles politsiyasi sobiq vitse-prezidentni qoʻriqlashni toʻxtatdi.

    'Turkiyada yana namoyish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:02

    Turkiyada yana namoyish boshlandi

    Muxolifatdagiy partiya ichki mojarosi katta norozilik to'lqinini keltirib chiqardi.

    'Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:28

    Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi

    Россиялик машҳур реперга Украина ҳудудий яхлитлигига тажовуз қилишда айблов қўйилди.

    'AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:37

    AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi

    Amerikalik ayol rulda uxlab qolib, ustun va daraxtga urilganida uning iPhone 14 telefoni avtomatik tarzda 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

    'Buyuk Britaniyada yirik namoyish yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:45

    Buyuk Britaniyada yirik namoyish yuz berdi

    Фаластин тарафдори сифатида чиқиш қилган 890 киши қўлга олинди.