AsosiyDunyo

Kamala Harris himoyasiz qoldimi?

Los-Anjeles politsiyasi sobiq vitse-prezidentni qoʻriqlashni toʻxtatdi.

'Kamala Harris himoyasiz qoldimi?'ning rasmi

AQShning sobiq vitse-prezidenti va Demokratik partiyadan prezidentlikka sobiq nomzod Kamala Harris endi rasmiy himoyasiz qoldi.

“Los Angeles Times” xabariga ko‘ra, 6 sentyabr kuni Los-Anjeles politsiyasi uning xavfsizligini ta’minlashni to‘xtatgan.

Bunga jamoatchilik noroziligi va politsiya resurslarining samarasiz ishlatilgani haqidagi e’tirozlar sabab bo‘lgan.

Politsiya kasaba uyushmasi buni “oddiy aholining xavfsizligi hisobiga multimillioner, siyosiy sahnadan chetga chiqqan nomzodni himoya qilish – jinnilik”, deb baholagan.

Avvalroq, 5-sentyabr kuni “Los Angeles Times” gazetasi Kamala Harris davlat himoyasidan – ya’ni AQSh Maxfiy xizmatidan mahrum qilinishi, so‘ng esa mahalliy politsiya vaqtincha qo‘riqlashni zimmasiga olganini ma’lum qilgandi.

Ushbu qaror Trump tomonidan avgust oyining oxirida chiqarilgan bo‘lib, sobiq vitse-prezident endilikda har qanday rasmiy himoyasiz qolgan.

    Boshqa yangiliklar