Joriy yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qimati birinchi marta 50,1 mlrd dollarga etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy oy boshida mamlakat zaxirasida 11,8 mln untsiya (334,5 tonna) oltin borligi qayd etilgan. Unging qimati 40 mlrd dollardan ortiqni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, avgust oyi boshida bu raqam 38,7 mlrd dollar edi (331,6 tonna). Bir oy davomida respublika oltin zaxirasi qoldig‘i qariyb 1,4 milliard dollarga oshgan.
Sentabr avvalida xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari 9,44 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu raqam bir oy oldingidan 49,3 mln dollarga kam.
2024 yil 1 sentabrda (1 yil ilgari) respublika zaxirasida 12 mln untsiya (340,1 tonna) oltin bo‘lgan (12 oyda 5,6 tonna kamaygan). Qimmatbaho metall qimati esa 30,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Ya’ni mamlakatda oltin miqdori emas, qimati sezilarli o‘sish trendida.
Respublika joriy yil yanvar-iyul oylarida qariyb 7,7 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davridagiga qaraganda 83,7 foizga ko‘p. Oltin sotuvi mamlakat etti oylik jami eksportining 37,7 foizini tashkil etgan.