Polsha hukumatining Rossiya va Belarus qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlanishi arafasida Belarus bilan chegarani toʻliq yopishini eʼlon qildi. Bu haqda bosh vazir Donald Tusk hukumat yigʻilishi oldidan maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlar Polsha chegarasiga juda yaqin hududda oʻtkazilmoqda va bu provokatsiyalar sonining ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli juma kuni tungi soatdan boshlab Belarus bilan avtomobilʻ va temiryoʻl oʻtish joylari yopiladi. Ekspertlar mashgʻulotlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida Polsha va Litvani ajratib turuvchi 65 km uzunlikdagi Suvalki koridorini koʻrsatmoqda. Bu hudud NATOning "Axilles tovon"i deb ataladi va kelajakda u yerda harbiy toʻqnashuv ehtimoli istisno qilinmaydi. Shuningdek, Litva ham "Gʻarb-2025" mashgʻulotlari sababli Belarus va Rossiya bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirishini bildirdi.
Boshqa yangiliklar

Dunyo 23.11.2025 22:13
Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi
12 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

Dunyo 23.11.2025 10:08
Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi
Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

Dunyo 22.11.2025 21:05
Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi
Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

Dunyo 22.11.2025 17:41
Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi
Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.


