Poytaxtdagi Qumariq koʻchasi 325 mm diametrli, 1000 metr uzunlikdagi issiqlik quvurlarini yangilash ishlari tufayli vaqtincha yopiladi.
Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yoʻnalishlarining harakati vaqtincha oʻzgartirildi:
— 61-yoʻnalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryoʻlchilar, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;
— 106-yoʻnalish – Sarikoʻl, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;
— 40-yoʻnalish – Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryoʻlchilar, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali RET zavodigacha;
— 66-yoʻnalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sarikoʻl, Yangi Zamon, Sarikoʻl, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali RET zavodigacha;
— 52-yoʻnalish – Lokomotiv koʻchasi bekati va Toshkent vokzali oraliqʻida qatnaydi.
Transportdagi vaqtincha oʻzgarishlar quvurlarni yangilash va xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan. Yoʻlovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr soʻralgan.