Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘istonda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A.dan ishga joylashtirish evaziga 32 million so‘m olayotganida ushlandi.
Xuddi shunday holat Qashqadaryoda ham aniqlandi. Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Q. fuqaroni tanishlari yordamida markaziy poliklinikaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 1 000 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga tushgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.