Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi shaharda boʻlib oʻtayotgan norozilik namoyishlari sababli fuqarolarga xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi.
Turkiya hukumat tomonidan 11 sentyabrgacha quyidagi choralar joriy etilgan:
Olti tumanda ommaiviy tadbirlarga vaqtincha taqiq qoʻyildi,
Shu jumladan, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi joylashgan Beshiktosh tumani ham ushbu roʻyxatda,
Ayrim xorijiy messenjerlar faoliyatida cheklovlar mavjud.
Bosh konsulxona oʻzbekistonliklarga quyidagilarni tavsiya qilmokda:
— Odam gavjum joylardan yiroq boʻlish;
— Namoyishlar oʻtayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;
Mahalliy tartib-qoidalarga amal qilish.