Qoraqalpog‘istonda Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xodimasi fuqaro uchun ishga joylashishda yordam berishini aytib, 32 million so‘m olgan va aynan pul olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qashqadaryoda esa Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i fuqaroni poliklinikaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 dollar pora olayotganida ushlangan.
Har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.