AsosiyDunyo

Nega Polsha Rossiya elchisini TIVga chaqirtirdi?

Diplomat bugun, 10 sentabr kuni vazirlikka taklif qilingan.

'Nega Polsha Rossiya elchisini TIVga chaqirtirdi?'ning rasmi

Bugun, 10 sentyabr kuni Rossiyaning Varshavadagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Ordash Polsha osmonidagi  dronlar haqidagi xabarlar ortidan Polsha Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.

Bildirilishicha, diplomat bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:00 da vazirlikka taklif qilingan.

U Polsha rasmiylarining o‘z hududi uzra urib tushirilgan uchuvchisiz samolyotlarni Rossiya tomonidan ekanligi haqidagi bayonotlarini asossiz deb atab, bayonotda dronlarni Rossiyaga tegishli ekanligi haqida hech qanday dalil keltirilmaganini ta’kidlagan.

“Qulagan dronlarning aniq kelib chiqish joyini tasdiqlash mumkin bo‘lgan yagona holat 2022 yilning noyabr oyida Ukraina raketasi bo‘lgan. Raketa Ukrainedan uchirilgan. U ikki polyaknining o‘limiga sabab bo‘lgan”, — deb ta’kidlagan muvaqqat ishlar vakili.

    Boshqa yangiliklar