AsosiyJamiyat

Notariuslar uchun yosh chegarasi oshirildi

2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi oshiriladi.

'Notariuslar uchun yosh chegarasi oshirildi'ning rasmi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 1 mart sanasidan BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lgan quyidagi nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro hatlari yozish tartibi joriy etiladi.

Bunga notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab, yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab kiritiladi.

Shuningdek, ijro hatlari yozish tartibi ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badal va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar uchun ham joriy etiladi.

2026 yil 1 apreldan esa O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi. Bu Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius roziligi bilan 70 yoshgacha o‘zgartirilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 18:15

    'Qoraqalpog'iston va Qashqadaryoda poraxur shifokorlar qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 16:38

    Qoraqalpog'iston va Qashqadaryoda poraxur shifokorlar qo'lga olindi

    Sogʻliqni saqlash tizimidagi ayrim xodimlar ishga joylashtirish evaziga katta miqdorda pora olayotganida ushlandi.

    'O‘zbekistonda pensiya yoshi oshadimi?'ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 16:01

    O‘zbekistonda pensiya yoshi oshadimi?

    Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

    'Toshkentda qizga tejoqlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 14:20

    Toshkentda qizga tejoqlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

    U qilmishidan afsusdaligini bildirgan.

    'Angren dagi dahshatli YTQ qurbonlari soni 11 nafarga etdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 13:49

    Angren dagi dahshatli YTQ qurbonlari soni 11 nafarga etdi

    Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, bir necha avtoulovlar bilan to'qnashgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.09.2025 12:14