AsosiyDunyo

Isroilning Yamanga havo hujumi oqibatida 35 kishi halok boʻldi

Husiylar bu hujumlarga javoban Isroilga raketa otganini bildirdi.

'Isroilning Yamanga havo hujumi oqibatida 35 kishi halok boʻldi'ning rasmi

Joriy yilning 10 sentabr kuni kechqurun Isroil havo kuchlari Yaman poytaxti Sana hamda Al-Jawf viloyatlariga yirik aviatsion hujum uyushtirdi.

Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 130 dan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Poytaxt Sanadagi hujumlar 28 kishining umriga zomin bo‘lgan, 113 kishi jarohatlangan. Al-Jawfdagi zarbalarda esa 7 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan. Hujumlar asosan husiylarga qarashli harbiy ob’ektlar, yo‘lg‘i omborlari va qo‘mondonlik punktlariga qaratilgan bo‘lsa-da, vayronalar ostidan oddiy fuqarolar jasadlari ham topilmokda.

Isroil bu harakatlarini husiylar tomonidan uyushtirilgan dron va raketa hujumlariga javoban amalga oshirganini ma’lum qilgan. 10 ta harbiy samolyot tomonidan 15 ta nishonga 30 dan ortiq bomba tashlangan.

Qayd etilishicha, bu — Isroilning Yamandagi eng yirik aviazarbalaridan biri bo‘lgan. Hujum ortidan husiylar Quddus yaqinidagi ob’ektlarga raketa otganini bildirgan, biroq bu ma’lumot Isroil tomonidan tasdiqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar