Nukus dala o‘quv maydonida 10 sentyabr kuni tashkil qilingan amaliy o‘quv mashg‘ulotida kichik portlash yuzaga kelib, o‘nga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnurining chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘i tiklanmoqda.
Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan hozirda mutasaddid rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.