AsosiySport

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

Mazkur bellashuv Liverpul shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi chorak finalda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

12 sentyabr kuni o‘tkaziladigan yarim final bahslarida quyidagi sportchilarimiz ringga ko‘tariladi:

Ayollar: Feruza Qozog‘ova (51 kg), Navbahor Hamidova (65 kg)

Erkaklar: Abduvaliy Xolqov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Javohir Ummataliyev (80 kg), To‘rabek Habibullayev (90 kg), Jahongir Zokirov (+90 kg).

Shu bilan birga, Nigina O‘qlamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimboeva, Humoybonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzahalilov va Shavkatjon Bo‘ltayev chorak finalda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

    Boshqa yangiliklar