AsosiyJamiyat

Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan

Prezidentga Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi.

'Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan'ning rasmi

Tabiiy resurslari cheklangan bu hudud iqtisodiyoti tarkibiy o‘zgarishlar orqali rivojlantirilmokda. So‘nggi sakkiz yilda 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 25 mingdan ortiq sanoat korxonalari ochilgan. Ishlab chiqarish hajmi 2,2 karra oshgan. Bugun viloyatda to‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati bor.

Toshsoqa magistral kanali qayta tiklanmasi natijasida Xorazm uchun o‘ta muhim bo‘lgan sug‘orish tizimi yaxshilandi. Amudaryo ustida yangi ko‘prik qurilishi viloyat aholisining uzog‘ini yaqin qildi.

Sakkiz yilda viloyatda 660 ta ko‘p qavatli turar joy barpo etilib, 21 ming oila yangi uyli bo‘ldi. 4 ming 751 kilometr ichimlik suvi va 206 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i qurildi, 580 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.

Joriy yil boshidan beri 100 ming ehtiyojmand aholi ish bilan ta’minlandi. Kambag‘allik darajasi yanvardagi 12 foizdan 6,8 foizga tushib, eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

Bunday ishlarni yanada kengaytirish maqsadida Xorazm viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi. Taqdimotda tadbirkorlarning takliflari asosida ishlab chiqilgan yangi loyihalar haqida axborot berildi.

Masalan, Janubiy Koreyaning 100 million dollar investitsiyasi hisobidan Urganch tumanida chiqindi yoqish orqali elektroenergiya olish loyihasi mo‘ljallangan.

Avstraliya kompaniyasi 820 million dollar investitsiya kiritib, Tuproqqal’a tumanida 600 ming tonna ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi va 50 ming tonna “yashil dizel” ishlab chiqarish taklifini bildirgan. Korxona ehtiyoji uchun 5,5 ming gektarda 4 gigavatt quyosh panellari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Slovakiya korxonasi 170 million dollar hisobiga Tuproqqal’a tumanida 5 ming gektarda raps yetishtirib, bioyoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi qurishni rejalashtirgan.

Umuman, Xorazmda 2 milliard 400 million dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan. Shuningdek, shahar va tumanlarning qo‘shimcha imkoniyatlari hisobidan yana 86 million dollarlik istiqbolli loyiha va tashabbuslar shakllantirilgan.

Davlatimiz rahbari investorlarga qulaylik yaratib, loyihalarni jadalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Viloyatdagi sanoat zonalaridan to‘la foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Infratuzilma va yer toifasi masalasini hal qilib, 100 dan ziyod loyihalarni ishga tushirish zarurligi aytildi. Xorazmning joylashuvidan kelib chiqib, sanoat yo‘nalishlarini puxta rejalashtirish, bunga viloyatning ichki salohiyatini to‘liq safarbar qilish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:51

    O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi

    Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

    'Toshkent aeroportida joriy yil boshidan bugungacha 500 dan ortiq taqiqlangan buyumlar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:56

    Toshkent aeroportida joriy yil boshidan bugungacha 500 dan ortiq taqiqlangan buyumlar musodara qilindi

    Mazkur buyumlarning aksariyati yo'lovchilar va ekipaj xavfsizligi uchun potentsial tahdid hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda uch oy ichida qancha haydovchi jarima ballari olgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:54

    O‘zbekistonda uch oy ichida qancha haydovchi jarima ballari olgani aytildi

    Ushbu tizim 2025 yil 1 iyundan yoʻlga qoʻyilgandi.

    'Ўзбекистонлик 130 ёшли онахон Гиннесснинг рекордлар китобига киритилиши мумкин'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:49

    Ўзбекистонлик 130 ёшли онахон Гиннесснинг рекордлар китобига киритилиши мумкин

    Ўзбекистон тарихида биринчи марта 130 ёшли онахоннинг туғилганлик факти белгиланди. Бувайдалик Ҳувайдо момонинг ёши 130 да эканини исботловчи факт топилди.

    'Toshkentga keläyotgan samolyo‘t qushlar galasi bilan to‘qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:08

    Toshkentga keläyotgan samolyo‘t qushlar galasi bilan to‘qnashdi

    Bortida 91 kishini boʻlgan samolyot hodisa oqibatida ortga qaytdi.

    '"Ташаббусли бюджет"да 35 та лойиҳа қўшимча ғолиб деб топилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    "Ташаббусли бюджет"да 35 та лойиҳа қўшимча ғолиб деб топилди

    "Tashabbusli byudjet"ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko'ra, g'olib bo'la olmagan 35 ta loyiha uchun qo'shimcha mablag' ajratildi.