O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga o‘sdi O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2025 yil yanvar—avgust oylarida 12,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.
Avgust oyigacha transferlar miqdori oyma-oy o‘sib borgan:
• yanvarda — $1,06 mlrd;
• fevralda — $1,07 mlrd;
• martda — $1,21 mlrd;
• aprelda — $1,43 mlrd;
• mayda — $1,64 mlrd;
• iyunda — $1,78 mlrd;
• iyulda — $1,97 mlrd;
• avgustda — $1,86 mlrd.
Faqat avgustda undan avvalgi oydagi o‘sishga nisbatan past ko‘rsatkich qayd etilgan. Birinchi yarim sentyabr O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga oshib, 8,2 mlrd dollarga yetgandi. Bu borada Rossiya hali ham yetakchilikni saqlab kelmoqda.
Pul o‘tkazmalarining 6,4 mlrd dollari yoki 78 foizi ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva va boshqa davlatlardan pul jo‘natilgan.
Rossiyada migrantlarning topayotgan ish haqidan yuqori miqdorda xorijga pul o‘tkazishi taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi 9 sentyabr kuni Davlat dumasiga kiritildi. Unga ko‘ra, migrantlar oylik daromadidan ortiq mablag‘larni o‘tkazish uchun pul manbaiining qonuniyligi haqida deklaratsiya taqdim etishi kerak.
Taklif yashirin iqtisodiyot va noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashga qaratilgan.