Joriy yilning 10 sentabrida Indoneziyaning Bali orolida kuchli yomg‘ir sabab boshlanagan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bildirilishicha, 9-10 sentabr kunlari kuchli yomg‘ir Denpasar va Balining sakkizta mintaqasidan oltitasida suv toshqini keltirib chiqargan, bu esa asosiy yo‘llarni, jumladan, orolning xalqaro aeroportiga kirishni to‘sib qo‘ygan. Ayrim hududlarda ko‘chkinlar ham sodir bo‘lgan. O‘limlarning aksariyatiga daryolar qirg‘og‘ida odamlarni oqizib ketgani sabab bo‘lgan.
“Tabiiy ofat sabab sayyohlik markazining poytaxti Denpasarda ikki kishi bedarak yo‘qolgan va ularni qidirishga 125 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. 500 dan ortiq odamlar maktab va masjidlarga evakuatsiya qilingan”, — deydi mamlakat tabiiy ofatlardan qutqarish agentligi matbuot kotibi.
Shuningdek, kotib suv sathi pasayganini va 500 ga yaqin harbiy xizmatchi ko‘chalarni loy, vayronalar va toshlardan tozalashga safarbar etilganini ma’lum qilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, kuchli yomg‘ir Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengara shahrida ham suv toshqiniga sabab bo‘ldi va ofat sabab to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida xorijliklar yo‘q.