AsosiyJamiyat

MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi

"Dok-1 Maks" ishi doirasida 3,2 milliondan ortiq xavfli dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

'MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, "Quramax Medical" MChJ omborxonalari va bojxona omborlarida saqlanayotgan 3 million 200 ming donadan ortiq dori vositalarini yo‘q qilishga kirishdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu dorilar orasida O‘zbekistonda kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan "Dok-1 Maks" sirupi ham bor.

Jumladan, quyidagilar yo‘q qilinadi:

- 811 478 dona "Dok-1 Maks" tabletkasi;

- 101 669 shisha "Dok-1 Maks" sirupi;

- 2 252 796 ta "Ambronol" tabletkasi;

- 56 672 shisha "Ambronol" sirupi.

Tadbir huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda holislar ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Dori vositalari ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechda yoqish orqali yo‘q qilinadi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 17:17

    Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.