AsosiyJamiyat

Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i

Toshkent viloyatida "erkaklar kiyim do‘koni" niqobi ostida fuqarolarni aldab, 100 milliondan ortiq pul ishlagan "uddaburonlar" qo‘lga tushdi.

'Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i'ning rasmi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan "Havfsiz kibermakon" tezkor-profilaktika oyligi doirasida "online kiyim do‘koni" niqobi ostida tashkil etilgan firibgarlik fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar shaxslar oson daromad ortqirish maqsadida Instagram hamda Telegram tarmoqlari orqali erkaklar kiyimlari savdosi niqobi ostida soxta sahifalar ochib, arzon narxlarda mahsulotlar taklif qilgan. Ular xaridorlardan oldindan pul o‘tkazishni so‘rab, mablag‘larni begonalarga tegishli bank kartalariga tushirishgan va shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar.

Masalan, joriy yil 11 iyun kuni Toshkent tumanida yashovchi fuqaro Instagram orqali ularga bog‘lanib, reklama qilingan kiyimni sotib olish uchun 1 million so‘mni ular ko‘rsatgan karta raqamiga o‘tkazib bergan. Biroq pul o‘tkazilgach, barcha yozishmalar o‘chirilib, mulogot to‘xtatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, so‘nggi bir oy davomida ular fuqarolarning jami 279 ta bank plastik kartalaridan aldov yo‘li bilan 101 million so‘mdan ortiq mablag‘larni qabul qilib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 17:17

    Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.