AsosiyJamiyat

Тиббиёт йўналишида ҳам "Зулфия" мукофотини бериш таклиф қилиняпти

Tibbiyot yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

'Тиббиёт йўналишида ҳам "Зулфия" мукофотини бериш таклиф қилиняпти'ning rasmi

Bu bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tibbiyot (meditsina) sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berishni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini e’lon qildi.

Loyihada ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlar, ayniqsa iqtidorli xotin-qizlar faol ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi davolash usullari, profilaktika dasturlari va innovatsion tibbiy texnologiyalar orqali sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Qaror loyihasida ana shunday yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihada, jumladan, 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi PF-2326-son Farmonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish hamda Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash kabi masalalar hal qilingan.

O‘z navbatida, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga usbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritishi belgilanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:33

    'Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 22:42

    Toshkent viloyatida bir guruh shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

    Viloyat IИBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

    'Qozog‘istonda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 21:22

    Qozog‘istonda 3 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

    Ular Qozogʻistondagi metall yigʻuv sexida yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlishgan.

    'Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 17:57

    Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi

    Viloyat IIV vakili holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 13.09.2025 15:48