AsosiyDUNYO

Olmotida yuk mashinasi gaz quvuriga urilib, agʻdarilib ketdi

Haydovchi jarohat oldi, unga tibbiy yordam koʻrsatildi.

Olmati shahrida yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, gaz quvuriga urildi.

To‘qnashuv oqibatida transport vositasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda shahar poliyasi boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa natijasida haydovchi tan jarohati olgan, unga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar