AsosiyJamiyat

Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi

Soliq inspeksiyasi rahbari eri musofirda bo‘lgan ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

'Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Soliq inspektsiyasi rahbari tadbirkor ayolga shilqimlik qilgani uchun ishdan olindi. Bu haqda Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Soliq inspektsiyasi rahbari A.B. eri musofirda bo‘lgan tadbirkor ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

Sobiq mansabdor ayolning do‘koniga bir necha marta inspektorlarni yuborib, undan tashvishlanayotgani hamda kechqurun choy bahonasida gaplashib olishi mumkinligini yozgan. Ayol esa bu gaplardan hadiksirab, biroz muddat do‘koniga bormay yurgan.

Shundan so‘ng ayolning murojaatlari asosida ish tegishli organlar tomonidan o‘rganib chiqilgan va xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

To‘plangan hujjatlar esa viloyat prokuraturasiga, undan Yangiyer shahar sudiga yuborilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mayda bezorilikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 19:01

    Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi

    U juda koʻp miqdorda talon-torojlikda aybdor topildi, ammo ozodlikdan mahrum etilmadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 18:30

    'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 16:41

    Dollarning rasmiy kursi yangilandi

    Dollarning rasmiy kursi 82,22 so‘mga tushdi.

    'Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 12:30

    Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi

    Gulsanam ko'chasida ro'y bergan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 11:34

    ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?

    Ayni paytda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

    'Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektromobil o‘g‘irlangan'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 11:08

    Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektromobil o‘g‘irlangan

    Tashqi hisoblagichdan ulangan, elektrdan noqonuniy foydalanganlikda ayblanayotgan sex aniqlandi.