AsosiyJinoyat

Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo'lga olindi.

'Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

Peshku tumanida hokim yordamchisi yer sotib olishda yordam berish evaziga tadbirkordan 6000 dollar talab qilgan. U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Matn: 10 sentyabr kuni Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan mutasaddi organlarga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini "K-savdo" AAT orqali tadbirkorga rasmiylashtirib berish evaziga 6000 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIO xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi ushbu miqdordagi pulni uchinchi shaxs orqali olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi (poraxo‘rlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi'ning rasmi

    Jinoyat 15.09.2025 15:49

    Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi

    Ayol "temir daftar"ga kiritish iltimosi bilan kelgan edi.

    'Сурхондарёда экстремистик гуруҳ фаолиятига чек қўйилди'ning rasmi

    Jinoyat 11.09.2025 09:03

    'Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jinoyat 10.09.2025 09:35

    Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    Ayiq qafasidan omon chiqqan qiz bu gal onasidan omon qolmadi.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 10.09.2025 08:56

    'Samarqandda fuqaroning xonadonidan 25 kgdan ziyod marixuana topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.09.2025 19:58

    Samarqandda fuqaroning xonadonidan 25 kgdan ziyod marixuana topildi

    Viloyatning 2 ta tumanida narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

    'DXX: Andijon, Toshkent va Qashqadaryoda korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.09.2025 09:04

    DXX: Andijon, Toshkent va Qashqadaryoda korrupsion holatlar fosh etildi

    Tezkor tadbirlar davomida mansabdor shaxslar va fuqarolarning pora olish va pora talab qilish holatlariga chek qo‘yildi.