AsosiyDunyo

Germaniya Polsha talab qilgan reparatsiyalarni rad etdi

Polsha prezidenti Berlinga ilk tashrifi chog‘ida Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun reparatsiyalar masalasini ko‘tardi.

'Germaniya Polsha talab qilgan reparatsiyalarni rad etdi'ning rasmi

Germaniya prezidenti  va kansler Fridrix Merts bu talabni qondirishdan bosh tortdi. Ularga ko‘ra, bu masala Germaniya nuqtai nazaridan “yuridik jihatdan yakuniy hal etilgan”.

Navrotskiy esa Polsha 1,3 trln yevroga teng reparatsiya olishi kerakligini ta’kidladi.

Shunga qaramay, Merts Polshaga Rossiya tahdidiga qarshi qat’iy hamkorlikka ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, reparatsiya bir davlat urush yoki huquqbuzarlik oqibatida boshqa davlatga yetkazgan moddiy va ma’naviy zarari uchun tovon to‘lashidir.

    Boshqa yangiliklar