Kecha, 16 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Trump rafiqasi Melaniya Trump bilan Buyuk Britaniyaga ikkinchi bor davlat tashrifi bilan bordi.
Trumpning bu tashrifi zamonaviy tarixda ikki marta davlat tashrifi bilan kelgan ilk xorijiy siyosatchi sifatida tarixga kirmoqda.
Prezident va birinchi xonim tashrifning ilk kunini Berkshir grafligidagi Vindzor qal’asida o‘tkazmoqda.
Dasturga ko‘ra, Trump qirol Charlz III bilan uchrashadi, saroy hududida tantanali marosimlar, otliq harbiylar hamrohligidagi sayr, artilleriya salyuti, havo paradi va gulchambar qo‘yish marosimlarida ishtirok etadi.
18 sentabr kuni Trump Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan Chekers qarorgohida uchrashadi. Muzokaralar, biznes vakillari uchun qabul va qo‘shma matbuot anjumani rejalashtirilgan.
Tashrif kuchaytirilgan xavfsizlik sharoitida o‘tmoqda — politsiya, dronlar, snayperlar va daryo patrullari jalb qilingan.
Tashrif davomida norozilik namoyishlari ham o‘tkazilishi kutilmoqda. "Stop Trump Coalition" harakati London va Vindzorda aksiyalar o‘tkazishni rejalashtirgan. Politsiya xarajatlari 2019 yildagi 14,2 million funtdan ham oshishi mumkin.