MIB axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Kogon tumani "Suxor" MFYda yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan yengil konstruksiyali ayvon qurilganligi Kadastr agentligi Kogon tuman bo‘limi tomonidan aniqlanib, sudga da’vo arizasi kiritilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yengil konstruksiyali ayvon binosi javobgar hisobidan bartaraf etilishi belgilangan.
Byuroning Kogon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur qurilma bartaraf etildi.