Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq soʻzlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi António Guterres, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQShning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.