AsosiyJamiyat

Fargʻonada xotini va qaynonasini pichoqlab oʻldirgan erkak 15 yil 6 oyga qamaldi

Vahimli voqea sodir bo‘lgan vaqtda ayol homilador bo‘lgan.

'Fargʻonada xotini va qaynonasini pichoqlab oʻldirgan erkak 15 yil 6 oyga qamaldi'ning rasmi

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida xotini va qaynonasini oʻldirgan erkakka sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar berdi. 

Xabarga koʻra, ayol birinchi turmushi oʻxshamagach, ikkinchi marta 2024 yilning iyul oyida sharʼiy nikoh asosida oila quradi va 4 oy davomida eri bilan yashaydi. Shu yilning noyabr oyida esa u janjal sababli farzandi bilan ota uyiga qaytgan. Oʻsha vaqtda ayol homilador boʻlgan.

Qotillik sodir boʻlgan kuni u onasi va voyaga yetmagan farzandi hamrohligida eri bilan yashagan ijara uyiga buyumlarini olish uchun borgan. Shu vaqtda erkak qaynonasi va ayoliga pichoq bilan ogʻir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Bundan tashqari, qotillikka qoʻl urgan shaxs xotinining xorijga chiqish biometrik pasporti, ayolning birinchi turmushidan boʻlgan qizining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va boshqa hujjatlarni boʻlaklarga boʻlib tashlagani aniqlangan.

Sud hukmi bilan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 15 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar