Bugun, 22 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:04 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi va tebranish O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 bal. Magnitudasi 3,3. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalari 40,09 shimoliy kenglik, 71,95 sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Quvasoy shahrida 2 bal, 23 km;
Farg‘ona tumanida 2 bal, 31 km;
Farg‘ona shahrida 2 bal, 68 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 4 balli zilzila sodir bo‘lgandi.






