Turkiyada 21 yoshli qizning tanasidan 287 ta tosh olib tashlandi Turkiyaning Karabuk viloyatida istiqomat qiluvchi 21 yoshli qiz noyob jarrohlik amaliyotidan o‘tdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Uzoq davom etgan qorindagi kuchli og‘riqlar sabab shifoxonaga murojaat qilgan bemorning tekshiruvlari chog‘ida tanasida ko‘plab toshlar aniqlandi.
Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya jarayonida qizning siydik yo‘llari va buyraklaridan jami 287 dona tosh olib tashlandi. Olib tashlangan toshlarning eng kattasining diametri 2,5 santimetr ekani qayd etildi.
Tibbiy xodimlarning ta’kidlashicha, bemor tug‘ma urologik kasallik bilan dunyoga kelgan bo‘lib, ushbu holat juda kam uchraydigan tibbiy jarayon sifatida qayd qilindi.
Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli barqarorlashgani, shifokorlar nazorati ostida davolanishi davom etayotgani bildirildi.